✍️ Sherlar

Jahannamga begona qil

2.7K marta oʻqildi
Jahannamga begona qil
Qalbim ishqqa toʻlib toshsin,
Yo Rab, mani devona qil.
Jannatingda qadrim oshsin,
Jahannamga begona qil!

Xijolatman odatimdan,
Nuqson toʻla toatimdan.
Xabardorsan xolatimdan,
Jahannamga begona qil!

Oʻgʻlim, qizim deb atarim,
Xam volidam, xam padarim.
Ey muallifi qadarim,
Jahannamga begona qil!

Nafs birla xirs qilgancha mot,
Firdavsga boʻlmayin yot.
Jonim qoʻlida boʻlgan Zot,
Jahannamga begona qil.

Kechir, xaqqim yegannida,
Bu "munofiq" degannida.
Goxi qoʻrquv yenggannida,
Jahannamga begona qil.

Oʻylab axli ayolimni,
Dard egallar xayolimni.
Toʻrt nafar tili bolimni,
Jahannamga begona qil.

Azoning toʻlgan quloqni,
Musxafing oʻpgan dudoqni.
Uyingga shoshgan oyoqni,
Jahannamga begona qil.

Oʻz yoʻlingda xizmatdagi,
Koʻzi yoshni xilvatdagi.
Mahbubingni xijratdagi,
Jahannamga begona qil.

Ne qilarman suvni loylab?
Dushmanning xatosin poylab,
Daxriynida moʻmin aylab,
Jahannamga begona qil.

Abdurahmon Meshayan
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!