Dunyo chappasiga aylanib ketdi

... Dunyo chappasiga aylanib ketdi,
Jarga qulab tushdi baland qoyalar...
Bugun taraqqiyot choʻqqiga yetdi,
Javlon urmoqdalar "erkak" doyalar...
.. Xurlik istadilar, nafsga berib erk,
Sochilgan simobday uchdi xayollar...
Erkaklar libosi boʻgʻzigacha berk,
Yarim ochib qoʻydi koʻksin ayollar...
... Ayol ayol boʻlsin, erkaklar erkak,
Qaydan uchib keldi qizil qargʻalar..?
Ularning ismini kim deyish kerak..?
Erkak qulogiga taqsa sirgʻalar...
... Rasadxona qurib, yulduz koʻrganlar,
Ilmni dunyoga oʻrab qoʻyishdi...
Kecha qoʻziqorin terib yurganlar,
Ilmla dunyoni soʻrab qoʻyishdi...
... Tovuq boshqarmoqda katakni endi,
Tuxum bosib qoldi dakan xoʻrozlar...
Oʻpka egalladi yurakni endi,
Obro‘ topib qoldi masxarabozlar...
... Hayoli boʻlganni qilishdi uyat,
Halol yashaganni deyishdi "qoloq" ...
Tark etib ketdi-yu dillarni oyat,
Endi tarvuz eksam chiqar oshqovoq...
... Ey shoir, shoshilma... Toʻxtagin bir pas,
Buncha gʻam-gʻussani koʻtarmas yurak...
Xamma oʻqisin deb qogʻozga emas,
Sheʼrlarni osmonga yozishing kerak...
Jarga qulab tushdi baland qoyalar...
Bugun taraqqiyot choʻqqiga yetdi,
Javlon urmoqdalar "erkak" doyalar...
.. Xurlik istadilar, nafsga berib erk,
Sochilgan simobday uchdi xayollar...
Erkaklar libosi boʻgʻzigacha berk,
Yarim ochib qoʻydi koʻksin ayollar...
... Ayol ayol boʻlsin, erkaklar erkak,
Qaydan uchib keldi qizil qargʻalar..?
Ularning ismini kim deyish kerak..?
Erkak qulogiga taqsa sirgʻalar...
... Rasadxona qurib, yulduz koʻrganlar,
Ilmni dunyoga oʻrab qoʻyishdi...
Kecha qoʻziqorin terib yurganlar,
Ilmla dunyoni soʻrab qoʻyishdi...
... Tovuq boshqarmoqda katakni endi,
Tuxum bosib qoldi dakan xoʻrozlar...
Oʻpka egalladi yurakni endi,
Obro‘ topib qoldi masxarabozlar...
... Hayoli boʻlganni qilishdi uyat,
Halol yashaganni deyishdi "qoloq" ...
Tark etib ketdi-yu dillarni oyat,
Endi tarvuz eksam chiqar oshqovoq...
... Ey shoir, shoshilma... Toʻxtagin bir pas,
Buncha gʻam-gʻussani koʻtarmas yurak...
Xamma oʻqisin deb qogʻozga emas,
Sheʼrlarni osmonga yozishing kerak...
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!