Aholi soni 100 mln kishidan oshib ketgan mamlakatlar

Dunyo aholisining oʻsishi yiliga 1,1 foizni tashkil etmoqda (83 million kishiga yaqin) deya xabar bermoqda facte.ru. Ushbu koʻrsatkichi XVIII asrda sanoat inqilobidan keyin tez surʼatda oʻsishni boshladi. Jahon aholisi 1800 yildagi milliarddan yetti milliarddan ortiq koʻrsatkichgacha oʻsdi, 2030 yilga kelib, 8,6 mlrd kishiga yetadi. Aholisi 100 mln kishidan ortiq boʻlgan jami 13 ta mamlakat mavjud: Xitoy, Hindiston, AQSh, Indoneziya, Braziliya, Pokiston, Nigeriya, Yaponiya, Efiopiya, Bangladesh, Rossiya, Meksika va Filippin. Xitoy va Hindistonda mazkur koʻrsatkich 1 mlrd.dan ortib boʻldi.
Xitoy - 1,409,516,397
Xitoy – Sharqiy Osiyodagi suveren mamlakat. U 3 million 7 yuz ming kvadrat mil maydonni egallagan. XXRda 56ta etnik guruhlar bor, ulardan eng yirigi xanlar (91,51 foiz). Xanlar yoki xan – dunyodagi eng koʻp elat U soni boʻyicha Sinszyan va Tibetdan tashqari XXRning har bir provinsiyasida ustunlik qiladi.
Hindiston - 1,339,180,127
Hindiston maydoni boʻyicha dunyoda yettinchi, aholi soni boʻyicha esa ikkinchi oʻrinni egallaydi. 2011 yilda aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, koʻrsatkich 1 210 193 422 kishini tashkil qilgan. Bu esa raqamlar 2001 yildan 2011 yillarga qadar 17,64 foizgacha oʻsganini anglatadi. Aholi soni 1998 yilda 1 milliardga yetgan. Prognozlarga koʻra, 2024 yilga kelib, Hindiston aholisi eng zich joylashgan mamlakatga aylanadi. Aholisining 50 foizdan ortigʻi – 15 yoshdan kichik.
AQSh - 324,459,463
Amerika Qoʻshma Shtatlari 50 ta shtat, 5 ta oʻzini oʻzi boshqaradigan hudud va 1 ta federal okrugdan iborat respublika. AQSh 3,8 millionga yaqin kvadrat maydonni egallagan. Bu yagona rivojlangan yirik davlat, yaqin yillarda aholisi sezilarli darajada oʻsishi prognoz qilinmoqda. Aholisi eng zich joylashgan shtat Kaliforniya sanaladi (39 mln 536 ming 653 kishi), undan keyin Texas va Florida keladi.
Indoneziya - 263,991,379
Indoneziya Okeaniyada ham hududlariga ega, Janubi-sharqiy Osiyodagi suveren va transmintaqaviy davlat sanaladi. U siyosiy xaritadagi eng yirik orol davlat boʻlib, 13 mingdan ortiq orollarga ega. Aholisining katta qismi Yava orolida joylashgan.
Braziliya - 209,288,278
Braziliya aholisi 1940 yildan 1970 yilga qadar oʻlim koʻrsatkichining pastligi sabab sezilarli darajada oʻsdi. 1940 yil mobaynida oʻsish surʼati 2,4 foizni tashkil etdi va 1950-yillarda 3 foizga yetdi. biroq 1960-yillarda oʻsish surʼati shiddat bilan tushishni boshladi, bugun ushbu koʻrsatkich 0,8 foizni tashkil etadi.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!