💡 Qiziqarli maʼlumotlar

Dunyodagi eng yuqoriga koʻtariluvchi Baylong lifti

2.3K marta oʻqildi
Dunyodagi eng yuqoriga koʻtariluvchi Baylong lifti
Dunyoda inson qoʻli bilan yaratilgan bir qancha liftlar borki, ularni koʻrinishi, shakli, vazifasi koʻpchilikni hayratda qoldiradi. Biz bugungi maqolamiz orqali shunday ajoyib kashfiyotlardan biri boʻlgan eng baland lift haqida sizga aytib oʻtmoqchimiz.

Baylong lifti Xitoyda Xunan provintsiyasida joylashgan boʻlib, sayyohlarni 360 metr balandlikdagi chiroyli qoyali tog' choʻqqilaridan birining kuzatuv maydonchasiga eltadi.
Dunyodagi eng yuqoriga koʻtariluvchi Baylong liftiIkki qavatli liftli vagon oʻz ichiga 50 kishini sigʻdira oladi. Ushbu majmuaga har biri 3750 kg yuk koʻtarish imkoniyatiga ega uchta lift kiradi. Lift devorlari esa, albatta, shaffofdir.
Dunyodagi eng yuqoriga koʻtariluvchi Baylong liftiQurilish ishlari 1999 yilda boshlangan va 2002 yilda nihoyasiga yetgan. Qurilish qiymati taxminan 18 million dollarni tashkil etdi.YUNESKO tomonidan muhofaza qilinadigan ushbu qoʻriqlanadigan hududda liftni qurish loyihasi ekologlarning qattiq qarshiligiga duch keldi. Koʻtargich ustunlari minglab joylarda kvars qumtoshlariga oʻrnatilishi kerak edi.
Dunyodagi eng yuqoriga koʻtariluvchi Baylong liftiTizim zilzila sezgichlari bilan jihozlangan va bordiyu xavfli holat yuzaga kelsa, uchta lift qisqa vaqt ichida barcha sayyohlarni yuqoridan evakuatsiya qilishi kerak.
Dunyodagi eng yuqoriga koʻtariluvchi Baylong liftiUshbu ixtiro Ginnesning rekordlar kitobiga kabinadan ochiq koʻrinishga ega eng baland koʻtaruvchi, eng baland ikki qavatli koʻtarish kabinasi, yoʻlovchilar uchun eng tezkor lift va eng kuchli lift sifatida kiritilgan.
Dunyodagi eng yuqoriga koʻtariluvchi Baylong lifti
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!