🕌 Islom

Bandalik haqqi (burchi)

1 daqiqa 5K marta oʻqildi
Bandalik haqqi (burchi)
Abu Ayyub Ansoriydan rivoyat qilinadi___
Alloh Rasuli (s.a.v.) aytdilarki___
— Bir musulmonning boshqa bir musulmon birodaridan uch kundan ortiq gaplashmay ketishi, u bilan uch kundan ortiq araz boʻlishi joiz emas.

Va yana bir-birlari bilan uchrashib qolganda, biri yuzini u tarafga, ikkinchisi yuzini bu tarafga oʻgirgancha oʻtib ketishi ham joiz emas.
Ulardan qay biri yaxshiroq boʻlsa, ikkinchisiga birinchi boʻlib salom beradi va soʻz boshlaydi.
Rivoyat qilinishiga qaraganda, Alloh vahiy yoʻli bilan Hz. Yusufga shunday deb buyurdi___
— Aka-ukalaringni kechirganing uchun dunyoda va oxiratda sening martabangni va shoningni ulugʻroq qildim.
Hz. Oysha — Alloh undan rozi boʻlsin — shunday deydi___
— Alloh Rasuli (s.a.v.), oʻz nafsi uchun hech qachon hech kimdan qasos olmadi.
Faqat Allohning bir amri toptalganidagina Alloh uchun qasos oldi.
Ibn Abbos - Alloh undan rozi boʻlsin — shunday deydi___
— Birovning kamchiligini kechirgan hech bir kimsa yoʻqki, Alloh uning martabasini yuksaltirmagan boʻlsin...
Allohning Rasuli — Allohning salomi ustlariga yogʻilsin — dedilarki___
— Zakot bergan bilan mol kamaymaydi.
Alloh bir kimsani afv etsa, uning martabasini orttirishdan boshqa narsa qilmaydi.
Alloh uchun tavozu koʻrsatgan biron kishi yoʻqki, Alloh uning darajasini yuksaltirmagan boʻlsin!

Abu Xomud Gʻazzoliy✍

Mukoshafat-ul qulub📚

BANDALIK HAQQI (BURCHI) boʻlimini yakunladik, inshaallox keyingi boʻlimlarni ham sizga taqdim etamiz..
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.