🕌 Islom

Muhabbat nimalagini bilasizmi?

2.4K marta oʻqildi
Muhabbat nimalagini bilasizmi?
Muhabbat bu - Rasululloh sollallohu alayhi va sallam vafotlaridan keyin azon aytishni toʻxtatgan «Biloldir».

Muhabbat bu - Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning vafotlaridan keyin Madinada yasholmay, uni tark etgan «Biloldir».

Muhabbat bu - Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning qabrlarini uzoq vaqt ziyorat qilmagani uchun tushida Paygʻambar alayhissalomni koʻrgan va: "Bu qanday jafo boʻldi, ey Bilol" degan soʻzlarini eshitib uygʻongach, yigʻlab Paygʻambar ziyoratlariga joʻnagan Biloldir.

Muhabbat bu - tunda Madinaga kelib, Hasan va Husayn roziyallohu anhumolarni izlab topib, ulardan bomdod azoniga izn soʻragan «Biloldir». Oʻshanda azonni eshitgan Madina yigʻidan larzaga kelgandi. Madina mana shunday hayajonli onlarga hech qachon guvoh boʻlmadi.

Muhabbat bu - Shomdagi qoʻshinga Umar roziyallohu anhu azon aytib berishni soʻragan va "Ashhadu anna Muhammadar rasululloh"ga kelganda toʻxtab qolib yigʻlagan va qoʻshinniyam yigʻlatgan «Biloldir». Eng qattiq va eng koʻp yigʻlagan ”Umar edilar" !
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!