Rasululloh va ahli bayt

Rasululloh va ahli bayt
Togʻalari:
Abduyagʻus ibn Vahb ibn Abdumanof ibn Zuhra (Islom davriga yetib kelmagan).
Togʻa urugʻlari:
1) Madinadagi Xazraj qabilasining Banu Adiy ibn Najjor urugʻi (bobolari Abdulmuttalibning onasi Salmo tarafidan);
2) Banu Zuhra urugʻi (onalari Omina tarafidan);
3) Banu Saʼd qabilasi (emizgan onalari Halimai Saʼdiyya roziyallohu anho tarafidan).
Doyalari: Shifo binti Avf roziyallohu anho (jannat bashorati berilgan mashhur sahoba Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhuning onasi).
Enagalari:
1) Shaymo binti Horis roziyallohu anhumo (Halima roziyallohu anhoning qizi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam toʻrt yil Banu Saʼd qabilasida yashaganlarida enagalik qilgan);
2) Ummu Ayman Baraka binti Saʼlaba roziyallohu anho (Rasululloh sollallohu alayhi vasallam olti yoshlarida onalari Omina vafot etganidan keyin to balogʻat yoshiga yetgunlariga qadar enagalik qilgan).
Emizgan onalari:
1) Omina (tuqqan onalari) – yetti kun;
2) Suvayba Aslamiyya (Abu Lahabning ozod qilgan choʻrisi) – bir necha kun;
3) Hamza roziyallohu anhuni emizgan Banu Saʼdlik ayol – bir marta;
4) Halima binti Abu Zuayb Saʼdiyya roziyallohu anho – ikki yil.
Emikdoshlari:
Suvayba Aslamiyya orqali: Masruh ibn Suvayba, Abu Salama ibn Abdulasad Maxzumiy roziyallohu anhu va Abdulloh ibn Jahsh roziyallohu anhu;
Halimai Saʼdiyya roziyallohu anho orqali: farzandlari Shaymo binti Horis roziyallohu anhumo, Abdulloh ibn Horis roziyallohu anhumo va Unaysa binti Horis hamda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning amakivachchalari Abu Sufyon ibn Horis ibn Abdulmuttalib roziyallohu anhu;
Suvayba va Banu Saʼdlik ayol orqali: amakilari Hamza ibn Abdulmuttalib roziyallohu anhu;
Usmon ibn Mazʼun roziyallohu anhu ham emikdosh boʻlgan.
Ummatlarining sifati: hammodun (Alloh taologa koʻp hamdu sano aytuvchilar).
U zotga salavot aytuvchilar:
1) Alloh taolo;
2) farishtalar;
3) moʻmin-musulmonlar.
Alloh taolo aytadi: «Albatta, Alloh va farishtalari Paygʻambar (Muhammad sollallohu alayhi vasallam)ga salavot ayturlar. Ey iymon keltirganlar, (sizlar ham) u zotga salavot va salom aytinglar» (Ahzob surasi, 56-oyat).
Namozlari: besh mahal (besh mahal namozning Isro kechasi Meʼrojda farz qilinganiga barcha ulamolar ittifoq boʻlishgan).
"Rasululloh va ahli bayt" kitobidan

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!