Kechirgin bolam

Bir kun kelib keksayib qolsam,
Gapirishdan, yurishdan tolsam,
Seni qiynab,tashvishga solsam,
Injiqligim kechirgin bolam.
Ust boshimni bulgʻalasa loy,
Yanogʻimda qolmasa chiroy,
Dasturxonga toʻkib qoʻysam choy,
Injiqligim kechirgin bolam.
Tashvish boʻlsam yil oʻtgan sari,
Ezmalansam bola singari,
Yuzingni hech burmagin nari,
Injiqligim kechirgin bolam.
Hasratlarim qalashib ketsa,
Injiqligim sal oshib ketsa,
Soʻzlarimdan harf tushib ketsa,
Injiqligim kechirgin bolam.
Tutdek boʻlib yerga toʻkilsam,
Davralarda boshingni egsam,
Eh baʼzida joninga tegsam,
Injiqligim kechirgin bolam.
Ovqatimni chaynolmay qolsam,
Bir koringa yarolmay qolsam,
Oyoq tortib, yurolmay qolsam,
Injiqligim kechirgin bolam.
Koʻp gapirsam tutmagin boshing,
Ezmalansam uymagin qoshing,
Toʻkib qoʻysam ustimga oshing,
Injiqligim kechirgin bolam
Qomatingdan oʻzim oʻrgilay
Kulguingdan taskinlar teray
Zardalaring koʻrmay jon beray,
Men shoʻrlikni kechir jon bolam.
Gapirishdan, yurishdan tolsam,
Seni qiynab,tashvishga solsam,
Injiqligim kechirgin bolam.
Ust boshimni bulgʻalasa loy,
Yanogʻimda qolmasa chiroy,
Dasturxonga toʻkib qoʻysam choy,
Injiqligim kechirgin bolam.
Tashvish boʻlsam yil oʻtgan sari,
Ezmalansam bola singari,
Yuzingni hech burmagin nari,
Injiqligim kechirgin bolam.
Hasratlarim qalashib ketsa,
Injiqligim sal oshib ketsa,
Soʻzlarimdan harf tushib ketsa,
Injiqligim kechirgin bolam.
Tutdek boʻlib yerga toʻkilsam,
Davralarda boshingni egsam,
Eh baʼzida joninga tegsam,
Injiqligim kechirgin bolam.
Ovqatimni chaynolmay qolsam,
Bir koringa yarolmay qolsam,
Oyoq tortib, yurolmay qolsam,
Injiqligim kechirgin bolam.
Koʻp gapirsam tutmagin boshing,
Ezmalansam uymagin qoshing,
Toʻkib qoʻysam ustimga oshing,
Injiqligim kechirgin bolam
Qomatingdan oʻzim oʻrgilay
Kulguingdan taskinlar teray
Zardalaring koʻrmay jon beray,
Men shoʻrlikni kechir jon bolam.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!