✍️ Sherlar

Yur yoshlikka

2.5K marta oʻqildi
Yur yoshlikka
Dard yogʻilsa qalamni tutib,
Chuqur oʻyga tolib qolaman.
Hech qadriga yetmagan oʻsha,
Yoshligimni esga olaman.

Yoshlikdagi sodiq doʻstlarni,
Bilmam endi qaydan topaman.
Bir lagʻzaga qaytsa yoshligim,
Bor boyligim toʻkib sochaman.

Bir ilojin topib ey doʻstim,
Yur yoshlikka qaytib boramiz.
Men roziman bir kun boʻlsa ham,
Gʻam tashvishdan yiroq boʻlamiz.

Yoshligimda qornim toʻysa bas,
Mol dunyoni quli emasdim.
Soddagina yoshligimda men,
Borovlarni gʻiybat qilmasdim.

Gunoxlardan yiroq edimda,
Yolgʻon nima hatto bilmasdim.
Orzularim juda koʻp edi,
Kimlargadir hasad qilmasdim.

Bir ilojin topib ey doʻstim,
Yur yoshlikka qaytib boramiz.
Men roziman bir kun boʻlsa ham,
Gʻam tashvishdan yiroq boʻlamiz.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Sherlar

Insof ber Allohim

15-yanvar, 20233.1K
Mehr
Sherlar

Mehr

15-yanvar, 20233.5K
Sherlar

Bevafo yor

15-yanvar, 20233.1K
Sherlar

Ollohim qoʻllading oʻzingga shukur

17-yanvar, 20232.9K
Sherlar

Koʻnglim

11-mart, 20232.1K