Birodarlarimni sogʻindim

Kunlarning birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yigʻladilar. Buni koʻrgan sahobalar: “Yo Rasululloh! Sizni nima yigʻlatdi?”, deb soʻrashdi. U zot esa: “Birodarlarimni sogʻindim!”, deb javob berdilar. Sahobalar: “Bizlar birodarlaringiz emasmizmi, yo Rasululloh?”, deyishdi. Shunda u zot alayhissalom: “Yoʻq. Sizlar ashoblarimsiz. Birodarlarim mendan keyin keladilar, meni koʻrmasdan turib menga imon keltiradilar!”, dedilar.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!