Gunoxlarni yuvuvchi ayrim oson ibodatlar

Ushbu hadisi sharif bilan yuving:
"Er yuzida kimda-kim "la ilaha illalloh, vallohu akbar, va la havla va la quvvata illa billah" der ekan, uning barcha gunohlariga kafforat boʻlib ketadi, garchi gunohlari dengiz koʻpigidek koʻp boʻlsa ham".
Ovqatdan soʻng yuving:
"Kimda-kim taom yeganidan soʻng "alhamdu lillahillaziy atʼamani hazat toʻaama va razaqaniyhi min gʻoyri havlin minniy va la quvva" (mendan hech kuch-quvvat boʻlmasdan ushbu taomni menga yedirib rizq berib qoʻygan Allohga hamd boʻlsin) desa, oʻtgan gunohlari kechiriladi".
Kiyim kiyish asnosida yuving:
Kimda-kim kiyim kiyaturib "alhamdu lillahillaziy kasaaniy hazas savba va razaqaniyhi min gʻoyri havlin minniy va la quvva" (mendan hech kuch-quvvat boʻlmasdan ushbu kiyimni menga kiydirib rizq berib qoʻygan Allohga hamd boʻlsin) desa, oʻtgan gunohlari kechiriladi".
Har kuningizda yuving:
"Kimda-kim bir kunda yuz bor "subhanallohi va bihamdihi" desa, uning barcha gunohlari kafforat qilinadi, garchi dengiz koʻpigidek koʻp boʻlsa ham".
Har namoz ortidan yuving:
"Kimda-kim har namoz ortidan 33 marta "subhanalloh", 33 marta "alhamdulillah", 33 marta "allohu akbar" desa, bu 99 ta, yuzinchisida "la ilaha illallohu vahdahu la sharika lah, lahul mulku va lahul hamdu, va huva ala kulli shayʼin qodiyr" desa,
uning barcha gunohlari kafforat qilinadi, garchi dengiz koʻpigidek koʻp boʻlsa ham".
Yuqorida kelgan duolarning barchasi sahih hadislarda kelgan. Bundan tashqari paygʻambar alayhissalom boshqa koʻpgina duolarni, gunohlarni toʻkuvchi zikrlarni oʻrgatib ketganlar.
Bizga esa faqat bunga ixlos bilan amal qilib, chin qalbdan aytib yurish qoldi.
Bir necha lahzalarda shunchalik katta savoblarga ega boʻlishni istamaymizmi?
Parvardigor barchamizni tilidan Alloh zikri arimaydigan bandalaridan qilsin, amallarimizni ixlos bilan sugʻorsin, riyodan, kibrdan, hasadu nifoqdan, boshqa qalb kasalliklaridan uzoq qilsin, ibodatlarni baland ishtiyoq bilan ado etadiganlardan boʻling

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!