Armonga solib

Men sizni sevar edim dunyoga sigʻmay,
Orzularim bogʻida ochilgan gulday,
Siz meni yuragimni sira ham bilmay,
Ketyapsiz siz meni armonga solib.
Mayliga siz meni hech ham eslamang,
Yuragizdan oʻchirib yodda saqlamang,
Tushlarimga kirib siz har kun yoʻqlamang,
Ketyapsiz siz meni armonga solib.
Roziman orzularim ushalmasa ham,
Yurakdagi choʻgʻlarim yonmay qolsa ham,
Yana men sizni eslab gullar olsam ham,
Ketyapsiz siz meni armonga solib.
Eh qanchalar sevardim qanday tariflay,
Nega meni sevmadiz qandayin chiday,
Meni ham sevib qolar bir banda netay,
Ketyapsiz siz meni armonga solib.
Orzularim bogʻida ochilgan gulday,
Siz meni yuragimni sira ham bilmay,
Ketyapsiz siz meni armonga solib.
Mayliga siz meni hech ham eslamang,
Yuragizdan oʻchirib yodda saqlamang,
Tushlarimga kirib siz har kun yoʻqlamang,
Ketyapsiz siz meni armonga solib.
Roziman orzularim ushalmasa ham,
Yurakdagi choʻgʻlarim yonmay qolsa ham,
Yana men sizni eslab gullar olsam ham,
Ketyapsiz siz meni armonga solib.
Eh qanchalar sevardim qanday tariflay,
Nega meni sevmadiz qandayin chiday,
Meni ham sevib qolar bir banda netay,
Ketyapsiz siz meni armonga solib.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!