Faqat sizni sizni sevaman
Kerak emas sizdan boshqasi
Qilolmayman oʻzgani ermak
Qalbimga jo boʻlmas boshqasi
Nega axir kechishim kerak
Koʻzlarimda koʻzingiz aksi
Faqat siz deb uradi yurak
Qulogʻimda soʻzingiz sasi
Nega axir kechishim kerak
Qoʻllarimni tutgan oʻzingiz
Siz tomonga chorlaydi beshak
Bittagina sevdim soʻzingiz
Nega axir kechishim kerak
Kechmaganku Layli majnundan
Demang axir bu yolgʻon ertak
Qaytarolmas xech kim yoʻlimdan
Nega axir kechishim kerak
Oʻzligimdan kechib sevaman
Kelsam xamki yetti xayotga
Faqat sizni sizni sevaman.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!