Dada boringizga shukur qilaman
Ollohni koʻksimga yor qilgan inson
Men uchun yoʻqdan xam bor qilgan inson
Dada boringizga shukur qilaman
Qoʻlingiz qadoqdir men noshud uchun
Qadringiz bilmasdan doʻxlayman nechun
Joniniyam berar xato biz uchun
Dada boringizga shukur qilaman
Meni deb baxtlarni tilar erta kech
Farzandini koʻzi qiymaydida xech
Qadringiz anglasam boʻlmasmikan kech
Dada boringizga shukur qilaman
Siz borsiz koʻksimni kerib yuraman
Davralar toʻrida oʻynab kulaman
Boʻlmasangiz yetimdek masum turaman
Dada boringizga shukur qilaman
Men bolamni dedim siz esa meni
Muxayyo qildingiz istasam neni
Yaxshi farzand boʻlmadim kechiring meni
Dada boringizga shukur qilaman.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!