✍️ Sherlar

Itoat

1 daqiqa 4.1K marta oʻqildi
Itoat
Men safarga ketyapman hotin,
Ruhsatimsiz chiqma koʻchaga.
Hoʻp boʻladi - dedi ayol jim,
Hotirjamlik choʻkdi oʻrtaga.

Ikki kuncha oʻtib oradan,
Taqilladi darvoza sekin.
Kim u - ayol soʻradi undan
Men otangning doʻstiman qizim

Otang betob yotibdi uyda,
Shuni senga aytgani keldim.
Ayol dedi, titroq, kuyda:
Shifo bersin yahshiyam bildim

Borolmayman lekin ming afsus,
Erim ketgan olis safarga.
Chiqma degan koʻchaga essiz,
Kelsa borib kelamiz birga.

Ikki soat oʻtmasdan yana
Taqilladi darvoza qattiq
Kim u – ayol dedi baralla
Ukangizman – gapirdi achchiq

Otam biroz ogʻir axvolda,
Sizni soʻrab kutyapti xalak.
Padaringiz ahir xar holda,
Tosh emasdur sizdagi yurak!

Ukajonim, hato oʻylama,
Pochchang kelsin safardan qaytib.
Xech qaerga chiqma deganda,
Shifo bersin, borib qoʻy aytib.

Uka ketdi, qaytib ortiga,
Opa biroz siqildi, yondi.
Alam qildi ketolmay birga,
Sadoqati tufayli qoldi.

Ikki kundan keyin darvoza
Taqillardi, yaqinroq tushga
Ayol koʻngli oʻrtanib rosa
Ulgurmadi kim u deyishga

Opa, otam qildilar qazo
Bosmadingiz bir bora qadam
Ayol yigʻlab derdi: Ey, Hudo
Jannatlarga kirsinlar dadam.

Xech narsani oʻylamay ayol,
Darvozadan chiqmoqchi boʻldi.
Shu payt ketdi eriga xayol,
Choram yoʻq deb, erga yiqildi.

Uka jahl qildi-yu, qaytdi,
Tushunmasdan opani bir zum
Shunday boʻlgan zamon u payti
Telefonlar boʻlmagan udum.

Uch kun oʻtib, safardagi er,
Qaytib keldi sogʻu-salomat.
Voqeani tinglab eri der:
Bormabsan-da, attang oʻsha payt

Gapingizni erda qoldirsam,
Gunohidan qoʻrqaman buni.
Indamasdan bilganim qilsam,
Qiynalaman ohirat kuni.

Yigʻlagancha uhladi ayol,
Tushga kirdi oʻlgan otasi.
Unga kulib qoʻydida hiyol:
Qizim, yahshi dedi xammasi.

Bir amaling yoqib Hudoga,
Allox menga mukofot berdi.
Itoatgoʻy boʻlganding erga,
Jannatiymiz hammamiz endi.

Qara, jannat roʻyhatlarida:
Onang, ukang, ering va oʻzing.
Qarindoshlar jamdur barida,
Oldimda xam yorugʻdir yuzing.

Qay xolatda oʻlsa ham bari,
Jannatlarga boʻlar musharraf.
Sevintirdi jon qizim mani,
Sening otang ekanim sharaf.

Seskandi-da uygʻonib birdan,
Soʻzlab berdi onaga tushin.
Ona dedi: Bu ishin chindan,
Tahsinlarga arzirkan qizim.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Sherlar

Musibat

2-avgust, 20182.3K
Sherlar

Niyat qilgin

2-avgust, 20182.5K
Sherlar

Bir-birimizga ishonch ato etsin

31-iyul, 20182.7K