Seni deb ne kuyga tushdim
Seni deb koʻklarga uchdim,
Kuydirdi ku ishq otashi,
Sinib qanotim yerga tushdim
Izxorlaring yolgʻonmidi ayt,
Orzularim xazonmidi ayt, sevish osonmidi ayt,
Seni deb ne kuyga tushdim.
Mahzun mahzun xayollarim,
Tugun tugun bu savollarim,
Afsusga tosh qarorlarim,
Seni deb ne kuyga tushdim.
Sogʻinmaysan naxot bir bor,
Yoʻqlamaysan nega dildor?
Bugun yogʻdi sen yoqtirgan qor--
QAYDASAN?
Izidan chiqib ketdi axir xayot,
Shuncha savdo yoʻqdur najot,
Etma ahir bahtim barbod,
Seni deb ne kuyga tushdim.
Yolvoraman oppoq bulutlar,
Arz dodim yorga aytinglar,
Seni masum uyqu Quchqan- KEZLAR,
Seni deb ne kuyga tushdim...
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!