Oʻzgaga yor boʻlibsan
Uzatsalar seni sevinibsan
Dilda sevging pinxon tutib,
Sen oʻzgaga yor boʻlibsan.
Menda xam bor edi umidlar,
Bedor tunlar jonim qiynalar,
Boshginanga yopib roʻmollar,
Sen oʻzgaga yor boʻlibsan...
Aqlim xayron xur daydidur,
Gʻururim orimga qamchudur,
Naxot endi menga begonadur,
Sen oʻzgaga yor boʻlibsan...
Qishlogʻingda yor-yor sadosi,
Yuragingni bormu vafosi?
Kulishlaring jonning jazosi,
Sen oʻzgaga yor boʻlibsan...
Aytma mayli sevaman deb,
Aytma mayli yoringman deb,
Qoʻydim ahir yuragimni ezib,
Sen oʻzgaga yor boʻlibsan.
Sovub qoldim koʻxna dunyodan,
Yechimi yoʻq mavhum sirdan,
Ayriding-ku sevgimdan ishqdan,
Sen oʻzgaga yor boʻlibsan...
Yetar endi muhabbat dardlari,
Vafosi yoʻq yolgʻon soʻzlari,
Shamga oʻxshab oʻchdim tunlari,
Sen oʻzgaga yor boʻlibsan
Mendan juda oson kechibsan...
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!