✍️ Sherlar

Volidamni nega yigʻlatding.

2.7K marta oʻqildi
Soxta nigohlardan bezidi koʻnglim,
Umrimning yarmidan toʻydimmi nahot.
Onam koʻz yoshida koʻrganman seni,
Volidamni nega yigʻlatding hayot?

Qoʻrqdingmi undagi metin sabridan,
Figʻoning falakda,mana deysan dod.
Sinoving oldida chidab yursa ham,
Volidamni nega yigʻlatding hayot?

Koʻzyoshin koʻrguncha boʻlmasmidim koʻr,
Sezaman,yuragi qiladi faryod.
Farzand deb oʻt choʻqqa ursa ham oʻzin,
Volidamni nega yigʻlatding hayot?

Oromin yoʻqotgan kechalar guvoh,
Tunda ham uyqusin qilgansan barbot.
Oyogʻi ostida jannatni qurib,
Volidamni nega yigʻlatding hayot?

Gohida gʻam cheksam boʻlar parvona,
Shukurki menda ham bordir shunday zot.
Hamisha shodlikni koʻray koʻzida,
Oʻtinchim onamni yigʻlatma, hayot...
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Sherlar

Hayvonot bogʻida temir qafasda

13-avgust, 20182.8K
Sherlar

Baxtli boʻlasiz

13-avgust, 20183.3K