Izlaganmiding?
Qalbim yolgʻizlandi, yonginamga qayt.
Birgina javobing, savolimga ayt,
Muxabbat, sen meni izlaganmiding?
Uchgim kelar goxo Xumodek boʻlib,
Yuraman oʻylanib, oʻzimcha kulib.
Yurakda umidlar yotganda soʻlib,
Muxabbat, sen meni izlaganmiding?
Koʻksimda otashin oʻchmas olovsan,
Xar satrlarimda mungli navosan.
Baxor gullaridek ajib mavosan,
Muxabbat, sen meni izlaganmiding?
Bormoqdaman senga kundan kun ilib,
Ne kerak? Ne istaysan qalbimni tilib?
Qiynama bunchalar devona qilib,
Muxabbat, sen meni izlaganmiding?
Yoʻling poylab doim toldi koʻzlarim,
Aytarli qolmadi biror soʻzlarim.
Hazon bilan birga oʻtar kuzlarim,
Muxabbat, sen meni izlaganmiding?
Xamrox yolgʻiz menga bu qaro tunim,
Yodimga tushmasang oʻtmaydi kunim.
Bir soʻz aytay desam chiqmaydi unim,
Muxabbat, sen meni izlaganmiding?
Shirin uyqularim koʻzimdan olib,
Dilimga orziqish, xayajon solib.
Yonma yon kelmasdan ortimda qolib,
Muxabbat, sen meni izlaganmiding?
Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!