❤️ Sevgi haqida sherlar

Buncha yiroqdasan mohim sogʻinib

3K marta oʻqildi
Buncha yiroqdasan mohim sogʻinib
Buncha yiroqdasan mohim sogʻinib,
Hajringda yuragim kuyib bormoqda.
Visolingni koʻrmoq istagan koʻzga,
Achchiq alam yoshi toʻlib bormoqda.

Asli sen yiroqmas, jonimday yaqin.
Koʻzim gavharida avaylaganim.
Lekin yetolmasman, koʻrolmasman hech,
Fojiam kunda bir koʻrolmaganim.

Hozir ham yonimda, hayotimdasan,
Sezyapman qoʻllaring guldayin nafis.
Eng yaqin sogʻinchim, eng olis baxtim,
Yuragim tubida yigʻlayotgan qiz!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!