Nega sendan kechib boʻlmaydi?
Undan kechsam jonim oʻlmaydi.
Atirguldan kechish mumkinu,
Nega sendan kechib boʻlmaydi?
Yulduzarga tutindim sirdosh,
Quyosh chiqsa yulduz kulmaydi.
Hammasidan kechish mumkinu,
Nega sendan kechib boʻlmaydi?
Ismingni qalbimga yozdim,
Kim sevganda yonib sevmaydi?
Jonu tandan kechish mumkinu,
Nega sendan kechib boʻlmaydi?
Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!