Soʻngsiz hayollarning nihoyasi yoʻq
Soʻngsiz hayollarning nihoyasi yoʻq
Koʻngil eshigiga yopilgan parda
Boʻldi yuragimga qadalganmi oʻq
Ogʻriqdan vujudim qiladi zarda
Yuzimni yuvadi achchiq yoshlarim
Oʻtgan kunlarimga qilaman afsus
Kimlarnidir shaydo qilgan qoshlarim
Chimirilgan endi olib boshqa tus
Boshimni bolishga qoʻysam begumon
Dard toʻla yoshlarim tinmay tomadi
Ex kuygan yuragim chekkada har on
Quyoshli kunlarni kutib turadi
Soxta sevgilardan charchadi koʻngil
Qachon barchasiga boʻlar nihoya
Ziyo istar orziqib ogʻringan bu dil
Ketar deb koʻnglimni qoplagan soya
Kulib turar negadr kulgular soxta
Sevgi izxorlari qiynaydi buncha
Yurakdan deyilgan tuygʻular soxta
Asl muhabbatning qiymati qancha
Sabr qil yuragim sabr qil koʻngil
Keladi ahtarib topmaganlarim Oʻtsa ham necha kun mayli necha yil
Haqiqiy sevgini kutaman men jim
Koʻngil eshigiga yopilgan parda
Boʻldi yuragimga qadalganmi oʻq
Ogʻriqdan vujudim qiladi zarda
Yuzimni yuvadi achchiq yoshlarim
Oʻtgan kunlarimga qilaman afsus
Kimlarnidir shaydo qilgan qoshlarim
Chimirilgan endi olib boshqa tus
Boshimni bolishga qoʻysam begumon
Dard toʻla yoshlarim tinmay tomadi
Ex kuygan yuragim chekkada har on
Quyoshli kunlarni kutib turadi
Soxta sevgilardan charchadi koʻngil
Qachon barchasiga boʻlar nihoya
Ziyo istar orziqib ogʻringan bu dil
Ketar deb koʻnglimni qoplagan soya
Kulib turar negadr kulgular soxta
Sevgi izxorlari qiynaydi buncha
Yurakdan deyilgan tuygʻular soxta
Asl muhabbatning qiymati qancha
Sabr qil yuragim sabr qil koʻngil
Keladi ahtarib topmaganlarim Oʻtsa ham necha kun mayli necha yil
Haqiqiy sevgini kutaman men jim
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!