Ne uchun araz

Tog' boʻlsam xam, egdim boshimni,
Bulut boʻlib toʻkdim yoshimni,
Qoʻlingizga qalb quyoshimni
Tutayapman. Ne uchun araz?
Men tomonga qoʻymaysiz qadam,
Kuyinmaysiz, men kuyganda xam.
Qadaximdan tuganmas alam —
Yutayapman. Ne uchun araz?
Xech oʻchmaydi yurakdagi choʻg',
Bu olovda omon qolish yoʻq.
Unut, deya ursangiz xam doʻq,
Kutayapman. Ne uchun araz?
Yigʻlamaysiz endi bizni deb,
Olislarda qolgan qizni deb.
Men dunyodan faqat sizni deb
Oʻtayapman. Ne uchun araz?
Bulut boʻlib toʻkdim yoshimni,
Qoʻlingizga qalb quyoshimni
Tutayapman. Ne uchun araz?
Men tomonga qoʻymaysiz qadam,
Kuyinmaysiz, men kuyganda xam.
Qadaximdan tuganmas alam —
Yutayapman. Ne uchun araz?
Xech oʻchmaydi yurakdagi choʻg',
Bu olovda omon qolish yoʻq.
Unut, deya ursangiz xam doʻq,
Kutayapman. Ne uchun araz?
Yigʻlamaysiz endi bizni deb,
Olislarda qolgan qizni deb.
Men dunyodan faqat sizni deb
Oʻtayapman. Ne uchun araz?
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!