❤️ Sevgi haqida sherlar

Senku, sevgim, boʻlajak yorim!!!

2.9K marta oʻqildi
Tunlar uxlay olmay oʻylayman seni,
Kunduz uchratolmay oʻylayman seni.
Barcha sheʼrlarimda soʻylayman seni
Senchi, sevgim, eslaysanmi hech!

Hayol ogʻushi tinch qoʻymaydi inim
Chaqirsa eshitmay qolaman singlim.
Seni unutolmay bezovta koʻnglim
Senchi, sevgim, izlaysanmi hech!

Balki bu hayotning menga sinovi
Balki xatodir — bu qilgan tanlovim.
Kimlardir buning chun sochar olovin
Senchi, sevgim, yonganmisan hech!

Sevdimu sevilmay, boʻldim ovora
Masofamiz uzoqlashib borar tobora
Seni unutolmay yurak ming pora
Senchi, sevgim, suyganmisan hech!

Nega? Aytgin sen mendan yiroq
Nechun meni qiynaydi firoq.
Sevamanu, bilmayman biroq
Senchi, sevgim, sevganmisan hech!

Boʻldi! Bu mening qatʼiy qarorim
Jim chidab yurishdan bitdi madorim
Senikidir bilgin borligʻim, borim
Senku, sevgim, boʻlajak yorim!!!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Sevgi haqida sherlar

Men uchun ham oʻzingni asra

11-iyun, 20187K
Sevgi haqida sherlar

Kimgadir shodliksan, kim uchun qaygu…

11-iyun, 20182.7K
Sevgi haqida sherlar

Oʻlsam ham baribir sevaman seni!

11-iyun, 20183.2K
Sevgi haqida sherlar

Kun kelar bir buyuk armon boʻlaman.

11-iyun, 20183.6K
Sevgi haqida sherlar

Hayotda maʼno yoʻq yashashdan sensiz.

11-iyun, 20182.9K