Bevafo ekan

Ishq dardida jonim kuydi,
Bir jonga ming jafo ekan.
Dunyoni bevafo deydi,
Oshiqlar bevafo ekan.
Qaro tunni yoritar oy,
Sochlaring tun qaro ekan.
Yuragimdan olganding joy,
Koʻngil bermoq hato ekan.
Dil ogʻritgan dili xastam,
Senga kimlar shaydo ekan.
Sen uchun xam men uchun xam,
Muxabbat bir savdo ekan.
Osmon qolsa gar Zuxrosiz,
Yigʻlagan bir samo ekan.
Endi ikkimiz xam yolgʻiz,
Soʻnggi soʻz alvido ekan.
Oshiqlar bevafo ekan!
Bir jonga ming jafo ekan.
Dunyoni bevafo deydi,
Oshiqlar bevafo ekan.
Qaro tunni yoritar oy,
Sochlaring tun qaro ekan.
Yuragimdan olganding joy,
Koʻngil bermoq hato ekan.
Dil ogʻritgan dili xastam,
Senga kimlar shaydo ekan.
Sen uchun xam men uchun xam,
Muxabbat bir savdo ekan.
Osmon qolsa gar Zuxrosiz,
Yigʻlagan bir samo ekan.
Endi ikkimiz xam yolgʻiz,
Soʻnggi soʻz alvido ekan.
Oshiqlar bevafo ekan!
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!