✍️ Sherlar

Siz Allohdan soʻrashni biling

4K marta oʻqildi
Siz Allohdan soʻrashni biling
~Ey yaqinim sizdan iltimos,
~Gʻiybatimni sal kamroq qiling.
~Chetga surib gʻarazni biroz,
~Siz Allohdan soʻrashni biling...

~Kuymang shu oz topganlarimga,
~Hasad emas,havasda qoling.
~Davlat vafo qilibdi kimga,
~Siz Allohdan soʻrashni biling...

~Chin doʻst deya siz meni emas,
~Yaratganni avval tan oling.
~Banda bersa ahir qush toʻymas,
~Siz Allohdan soʻrashni biling...

~Kuchugimni maqtashni qoʻyib,
~Yolgʻondanmas, yurakdan kuling.
~Qoʻyingizni yetimga soʻyib,
~Siz Allohdan soʻrashni biling...

~Suxbatimga mushtoq boʻlsangiz,
~Mayli kunda mehmonim boʻling.
~Obroʻyimni havas qilsangiz,
~Siz Allohdan soʻrashni biling...

~Berguvchiyu olguvchi Alloh,
~Berganiga shukrlar qiling.
~Boridan ham yetmasdan judo,
~Siz Allohdan soʻrashni biling
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.