✍️ Sherlar

Sen ishon

7.8K marta oʻqildi
Sen ishon
Sen ishon, hammasi yahshi buladi,
Kaytadi yurakka oromu kuvonch.
Ishongil, kuzlaring yana kuladi,
Gʻam chekma, bu yulda muhimi-ishonch!

Yomon hayolllarni quvib nariga,
Yahshi uylar surgin, ishon orzuga.
Qora utmishlarni kuz yosh-la yuvib,
Hayollar ilkidan olgin ozuqa.

Har nening vaqti bor, kelur usha on,
Bashariyat senga bushatajak taht.
Ishlaring zur bulur, sen fakat ishon,
Seni tetik holda qarshi olsin baht.

Sogʻinch tugaydigan nuqtada visol
Qul tutib, jimgina uziga chorlar.
Bir boqqil-tarihta son mingta misol
Gʻolib bulgan faqat ishonchi borlar
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.