🕊️ Sogʻinch haqida sherlar

Va nihoyat sogʻinibsanda

4.5K marta oʻqildi
Va nihoyat sogʻinibsanda
Yigʻlayapsan koʻzlaringda yosh
Sen ham mendek ogʻrinibsanda
Sotqin közing qilib qoʻydi fosh
Va nihoyat sogʻinibsanda

Sogʻinchlarim yurak tilar deb
Aytmagandim seni kular deb
Ishonardim shu kun kelar deb
Va nihoyat sogʻinibsanda

Sogʻinmayman degan eding yor
Shu soʻzingla berganding ozor
Mana bugun ishqimda bedor
Va nihoyat sogʻinibsanda

Bugun diydor bizlardan yiroq
Oʻz xukmini oʻtkazar firoq
Jiringlaydi tinmay qoʻngʻiroq
Va nihoyat sogʻinibsanda
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!