🕊️ Sogʻinch haqida sherlar

Sogʻinmadingmi

4.2K marta oʻqildi
Sogʻinmadingmi
Hamon senda koʻnglim,
Yo bilmadingmi?
Olisdagi sevgilim,
Sogʻinmadingmi?

Qalbimga kirib armon,
Meni qiynaydi har on,
Visoling nasib qachon,
Sogʻinmadingmi?

Tunlar oʻrtanar yurak
Unga faqat sen kerak,
Borligingdan ber darak,
Sogʻinmadingmi?

Qovrilyapman qonimga,
Qaragin ahvolimga,
Kelmaysan hech yonimga,
Sogʻinmadingmi?

Oylar boʻldi koʻrmadim,
Yillar boʻldi koʻrmadim,
Seni juda sogʻindim,
Sogʻinmadingmi?

Tanamni bosib titroq,
Qiynaydi meni firoq,
Koʻnglim yoritmas chiroq,
Sogʻinmadingmi?

Qorongʻu kecha kunduzim,
Koʻrinmas mening yulduzim,
Chiroyligim oy yuzligim,
Sogʻinmadingmi?

Mensiz butunmi bahting,
Yolgʻonmi dilda ahting,
Deydi oshiq Bakiringni,
Sogʻinmadingmi?
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!