💔 Ayriliq haqida sherlar

Yetar qiynalib ketdim

4.1K marta oʻqildi
Yetar qiynalib ketdim
Qalbim azobga qoʻydim.
Barin taqdirga yoʻydim.
Bari-baridan toʻydim.
Yetar qiynalib ketdim!

Har neda ham oxir bor.
Yurakkinam yigʻlar zor.
Bu dunyo men uchun tor.
Yetar qiynalib ketdim!

Ne istar oʻzi hayot.
Nega mehr unga yot.
Istamay chekdim faryod.
Yetar qiynalib ketdim.

Bagʻrim tirnaydi hijron.
Nega ham bora armon.
Jonimga tegdi yomon.
Yetar qiynalib ketdim.

Ado boʻldim yetar bas.
Menga hech ne kerakmas.
Ortiq bardoshim yetmas.
Yetar qiynalib ketdim.

Oʻzim qiynab qoʻymayman.
Yurak-bagʻrim tilmayman.
Boʻldi endi sevmayman.
Yetar qiynalib ketdim.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!