💔 Ayriliq haqida sherlar

Yor yorlaring chalinmoqda yor

2.4K marta oʻqildi
Yor yorlaring chalinmoqda yor
Taqdir menga nasib etmadi,
Peshonamga seni bitmadi,
Yuragimdan nelar oʻtmadi,
Yor yorlaring chalinmoqda yor,

Goʻzal edi sen bilan dunyo,
Ertaklarda yurardik goʻyo,
Endi boʻldi xammasi roʻyo,
Yor yorlaring chalinmoqda yor,

Osmon yigʻlab yomgʻirlar quyar,
Bagʻrim tilib azoblar oʻyar,
Endi seni oʻzga dil suyar,
Yor yorlaring chalinmoqda yor,

Xolsiz boʻlib yiqildim nurab,
Yetolmadim XUDODAN soʻrab,
Vujudimni armonlar oʻrab,
Yor yorlaring chalinmoqda yor,

Muxabbatim qoʻydim yoʻqotib,
Sevgimizga bugun tosh otib,
Jon jonimga xanjardek botib,
Yor yorlaring chalinmoqda yor...!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!