💔 Ayriliq haqida sherlar

Kulsam yarashardi yuzimga kulgu

5.5K marta oʻqildi
Kulsam yarashardi yuzimga kulgu
Kulsam yarashardi yuzimga kulgu,
Soʻroqlar bermasdim qahrli tunga.
Koʻzlarim yigʻlashni bilmas edi-ku,
Nelarni oʻrgatib ketdingiz menga.

Siz bilan hayotim baxtiyor edi,
Xayollar bagʻrida yashardim sarmast.
Kim ham ahvolimni soʻrardi endi,
Endi orzular ham menga ishonmas.

Tunlarning bagʻrida qolib ayriliq,
Sevgimiz qoshida yigʻlar har kuni,
Siz kabi dardlarim tinglaguvchi yoʻq,
Kimlarga ishonib ketdingiz meni…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!