✍️ Sherlar

Qizlaringiz atlas koʻylak kiyib yursa

41.2K marta oʻqildi
Qizlaringiz atlas koʻylak kiyib yursa
Goʻzallarga qoʻshib bersa goʻzal hayo,
Turfa liboslardan oʻzni tiyib yursa.
Jilosiga necha yurt boʻlgan mahliyo,
Maftunalar atlas koʻylak kiyib yursa.

Nozi goʻzal nozlansalar oyday toʻlib,
Tovon oʻpgan kokillarin qirqta oʻrib.
Kimlar oshiq boʻlmas ahir bitta koʻrib,
Madinalar atlas koʻylak kiyib yursa.

Garchi qizlar qarasa ham zamonaga,
Dil bermasa shu modaning yomoniga.
Kelin boʻlar bir tillo ostonaga,
Anoralar atlas koʻylak kiyib yursa.

Kulganida gulday yuzi gulga havas,
Mushku anbar isi kelar olsa nafas.
Yal-yal yonib turganida kim tanimas,
Humoralar atlas koʻylak kiyib yursa.

Azizalar, Shahnozalar, Zulfiyalar,
Oy yuzini koʻrganida oy uyalar.
Sovchi keti uzilmasdan sovchi kelar,
Zilolalar atlas koʻylak kiyib yursa.

Malomatlar qilmang,dardim aytdim holos,
Oʻzbek qizi kiyinsinda Oʻzbekka hos.
Momolardan bizga qolgan yahshi meros,
Qizlaringiz atlas koʻylak kiyib yursa.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!