💔 Ayriliq haqida sherlar

Muhabbat dogʻida kuygandim qancha

2.4K marta oʻqildi
Muhabbat dogʻida kuygandim qancha
Muhabbat dogʻida kuygandim qancha,
Yana ishq savdosi tushdi boshimga.
Qaygʻudan yuragim boʻlsa ham parcha,
Xolimni soʻramadilar kelib qoshimga.

Dunyoda muhabbat bormikan asli?
Orzular ogʻushiga yetmadi qoʻlim.
Izlagan yorimning qaydakan vasli?
Dilginam iztirobga toʻla limo-lim.

Majnuntol boʻylarin choʻzib yuzimga,
Yoshlarim artadi taskinlar berib.
Quyosh ham nur sochib, soʻliq yuzimga,
Quvonchin baxsh etar, gardishin kerib.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!