❤️ Sevgi haqida sherlar

Jonim, jonim deb turib

4.6K marta oʻqildi
Jonim, jonim deb turib
Jonim, jonim deb turib,
Jonimni olmang mani.
Yuragimni yondirim,
Oʻtlarga solmang mani.

Bir qoʻnsangiz kaftimga,
Chidolmaysiz taftimga,
Oqshomlari qasdimga,
Tonggacha chalmang mani.

Men gʻarib yolgʻiz uchun,
Kemasiz dengiz uchun,
Yashab faqat siz uchun,
Begona bilmang mani.

Manga uymang qovoqlar,
Qilmang nozu firoqlar,
Dilga yoqmay chiroqlar,
Tigʻsiz oʻldirmang mani.

Gar tegsangiz gʻashimga,
Choʻktiraman yoshimga,
Yolgʻizgina boshimga,
Gʻavgʻo toʻldirmang mani
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!