🤲 Ota-ona haqida sherlar

Duosini olib qolgin

12.1K marta oʻqildi
Duosini olib qolgin
Onang kelsa yoʻllarini,
Mehir bilan kutib olgin,
Taob qilib qoʻllarini,
Duosini olib qolgin.

Dunyolikka koʻngil boylab,
Kutdirmagin yilu oylab,
Yuragiga quvonch joylab,
Duosini olib qolgin.

Ajal maglub etmasidan,
Bu dunyodan oʻtmasidan,
Fursat qoʻldan ketmasidan,
Duosini olib qolgin.

Hech boʻlmasa yilu oyda,
Umrin tila pana joyda,
Bu yurushdan yoʻqdir foyda,
Duosini olib qolgin.

Eng nozanin gul ham soʻlar,
Ertami kech hamma ular,
Ohiratda kerak boʻlar,
Duosini olib qolgin.

Yarasiga zahar sepib,
Yikilganni oʻtma tepib,
Onajoning poyin oʻpib,
Duosini olib qolgin.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!