🤲 Ota-ona haqida sherlar

Onajonim yonida edim

4.9K marta oʻqildi
Onajonim yonida edim
Savol bermang, qayda eding deb.
Yuragimni ezmang hadeb.
Qoʻymay deya, yolgʻizlatib,
Onajonim yonida edim.

Tebratdilar belanchakda.
Bir quli tandir uchoqda,
Etti bola bir kuchoqda.
Onajonim yonida edim.

Yolgʻiz qoʻymas edi hech ham
Farzandlarin Mushfiq onam.
Qanday yolgʻiz quyay men ham.
Onajonim yonida edim.

Parvona boʻlib bizga onam.
Chekdi tashvish. Chekdilar gʻam.
Nechun, endi boʻlmay, xamdam.
Onajonim... Yonida edim.

Tikan kirsa koʻlimizga.
Oh, tortgan, yosh olib koʻzga,
Quvonchi yoʻq bizdan oʻzga.
Onajonim yonida edim.

Dardimizda dardman boʻlib.
Nochora bir gulday soʻlib.
Ketdilar gul etim qilib...
Onajonim yonida edim.
SOʻRAMANG, MENDAN QAYDA EDING DEB...!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!