🕊️ Sogʻinch haqida sherlar

Sogʻindim men oʻsha baxtli kunlarni

3.4K marta oʻqildi
Sogʻindim men oʻsha baxtli kunlarni
Sogʻindim men oʻsha baxtli kunlarni,
Sizni oʻylab oʻtgan bedor tunlarni.
Sogʻindim. sogʻinchim ortiq aytaolmayman,
Afsus, yoningizga endi qaytaolmayman.

Sogʻindim, sogʻinchdan gʻururim ustun,
Gʻurur sevgimizga yasadi yakun.
Bilaman Siz xam meni sogʻinmoqdasiz,
Dil toʻlib, yigʻlolmay, oʻrtanmoqdasiz.

Sogʻindim, bir bora yuzingiz koʻrsam,
Bir jurʼat boʻlsa- yu, holingiz soʻrsam.
Lek gʻurur deganim yoʻl qoʻymas xech xam,
Sevinib sevishga imkon bermasam.

Sogʻindim. Sogʻinchim kimga aytayin,
Unutdim deb endi qanday qaytayin.
Qandayin aytayin Sizga sogʻinchim,
Juda sogʻinyapman Sizni sogʻinchim.

Sogʻindim. sogʻinchli shirin gaplarni
Sogʻinib oʻqiyman eski xatlarni.
Siz yozgan xatlardan Sizni izlayman
Afsus-la, alamdan oʻzim yigʻlayman.

Bilaman sogʻinib Siz ham oʻylaysiz
Xato qildim deya oʻzni qiynaysiz.
Ammo gʻururingiz sogʻinchdan ustun
Goʻzal sevgimizga aylagan yakun.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!