🕊️ Sogʻinch haqida sherlar

Sizni yomon sogʻinaman

3.8K marta oʻqildi
Sizni yomon sogʻinaman
Ismim xijron qoʻyib ketdi binafshalar,
Baxor kelsa gul uzmoqdan ogʻrinaman.
Men ularning iforiga sarhush boʻlib,
Hudo xaqqi sizni yomon sogʻinaman.

Yuragimni oʻrab orzu-armonlarga,
Davo bilmay dilginamda darmonlarga,
Xatto sigʻmay bu keng yeru osmonlarga,
Hudo xaqqi sizni yomon sogʻinaman.

Yuragimda bir nimalar uygʻongan on,
Yuragimda bir nimalar toʻlgʻongan on,
Sizni allakimlardandir qizgʻongan on,
Hudo xaqqi sizni yomon sogʻinaman.

Parilarning vaxmi kelar xusningiz bor,
Lablarimda takrorlanar ismingiz bor,
Hayolimda gavdalanar jismingiz bor,
Hudo xaqqi sizni yomon sogʻinaman.

Xar kun ming bor axdlashaman yuragim-la,
Xar kun ming bir qasdlashaman yuragim-la,
izmim, jismim yana oʻjar yuragim-la,
Hudo xaqqi sizni yomon sogʻinaman.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!