❤️ Sevgi haqida sherlar

Seni Sevmay qoʻydim.

2.7K marta oʻqildi
Seni sevmay qoʻydim, rosti gap,
Eslamay ham qoʻydim, koʻp boʻldi.
Garchi quvonchlardan mahrumdir dilim,
Garchi hijron uni boshpana qildi.

Garchi eslamadim seni bir lahza,
Garchi jilovladim tuygʻularimni.
Faqat yuragimda mening ismimsiz,
Yashayverding boqib qaygʻularimni.

Garchi men hammadan seni yashirdim,
Yengib yashayoldim oʻzimni-oʻzim.
Faqat... Men barini inkor etaman.
Faqat... Fosh etadi sevgimni koʻzim.

Garchi takrorlayman, Sevmayman seni,
Yodlamay ham qoʻydim, gapning rosti shu.
Faqat... Kulgularim sen bilan ketdi.
Faqat... Qoldi menda muzlagan tuygʻu.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Sevgi haqida sherlar

Siz mendayin Sevolmaysiz.

15-iyun, 20184K
Sevgi haqida sherlar

Dil ogʻrigʻi yomon ekan!

15-iyun, 20185.3K
Sevgi haqida sherlar

Sen Meni Sevmagansan!

14-iyun, 20182.3K
Sevgi haqida sherlar

Ayriliqdan qoʻrqaman!

14-iyun, 20182.7K