❤️ Sevgi haqida sherlar

Dil ogʻrigʻi yomon ekan!

5.3K marta oʻqildi
Til chaqar chayon ekan dil ogʻrigʻi
Oʻldiradi ilon ekan dil ogʻrigʻi
Besuyak til yetqizgan bu jarohatlar-
Dil ogʻrigʻi yomon ekan dil ogʻrigʻi.
Ortimdagi mish mishlardan charchayapman
Tuxmatlardan yolgʻonlardan qaqshayapman
Men ularni kechirolmay yashayapman
Dil ogʻrigʻi yomon ekan dil ogʻrigʻi.
Bir soʻz bilan koʻngil bogʻim ostin ustin
Qay biriga koʻzim tushib yoʻlin toʻsdim
Dil yarasi bitmas ekan aslo doʻstim
Dil ogʻrigʻi yomon ekan dil ogʻrigʻi.
Har eslasam kelaverar koʻzimga nam
Esga tushar aza kuni toʻy kuni ham
Bu azobdan qutularman balki oʻlsam
Dil ogʻrigʻi yomon ekan dil ogʻrigʻi
Bagʻring oʻyar,qonga boʻyar ,koʻksing tilar
Bir kun oxir sog' odamni kasal qilar
Bir achchiq soʻz tekkan koʻngil xasta boʻlar
Dil ogʻrigʻi yomon rkan dil ogʻrigʻi.
Pok nominga dog' tushirgan nuqson gaplar
Dard ustiga tugʻdiradi yana dardlar
Bitmas ekan koʻngildagi jarohatlat
Dil ogʻrigʻi yomon ekan dil ogʻrigʻi.
Ahad Qayum qon yigʻladi bazan tunlar.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Sevgi haqida sherlar

Siz mendayin Sevolmaysiz.

15-iyun, 20184K
Sevgi haqida sherlar

Seni Sevmay qoʻydim.

15-iyun, 20182.7K
Sevgi haqida sherlar

Sen Meni Sevmagansan!

14-iyun, 20182.3K
Sevgi haqida sherlar

Ayriliqdan qoʻrqaman!

14-iyun, 20182.7K