✍️ Sherlar

Gunohi yoʻq yetim qolganlar

7.7K marta oʻqildi
Gunohi yoʻq yetim qolganlar
Ona mehrin xis qilolmagan,
Ota mehrin eh bilolmagan.
Quvonch ila hech kulolmagan,
Gunohi yoʻq yetim qolganlar.

Deydi onam qachon keladi,
Meni qachon olib ketadi.
Shu tariqa gʻamlar yutadi,
Gunohi yoʻq yetim qolganlar.

Kecha, kunduz intizor kutib,
Bir-birrini qoʻlidan tutib.
Onam deya gʻamlarni yutib,
Gunohi yoʻq yetim qolganlar.

Deydi dadam qachon keladi,
Mening dardim qachon biladi.
Bedor koʻnglim qachon kuladi,
Gunohi yoʻq yetim qolganlar.

Nahot shuncha keraksiz boʻlsam,
Bundan koʻra yashamay oʻlsam.
Onajonim bir-bora koʻrsam,
Gunohi yoʻq yetim qolganlar.

Onalar bor farzanddan kechgan,
Otalar bor farzanddan qochgan.
Eh ayrimlar bolasin yanchgan,
Gunohi yoʻq yetim qolganlar.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!