💔 Ayriliq haqida sherlar

Ketsang meni oʻldirib ket

3.3K marta oʻqildi
Ketsang meni oʻldirib ket
Meni tashlab ketyabsanmi,
Sen koʻnglimni toʻldirib ket.
Ortiq senga boʻlmay tashvish,
Ketsang meni oʻldirib ket.

Soʻnggi bora kulib olay,
Yigʻlatmasdan kuldirib ket.
Sensiz qanday tirik qolay,
Ketyabsanmi oʻldirib ket.

Shirin suz bilan meni ovut,
Ayriliqqa koʻndirib ket.
Kel qoʻlingda bolay nobud,
Bir amallab oʻldirib ket.

Ortiq seni orzu qilmay,
Umidlarim soʻndirib ket.
Yuragimni oʻyib tilmay
Yolvoraman oʻldirib ket.

Jonim olib qoʻygansanu,
Sendaligin bildirib ket.
Ketsang barbir oʻlamanku,
Yasholmayman oʻldirib ket.

Sen hech kimga bildirmagin,
Oʻlgan sevgim koʻmdirib ket.
Meni majbur qildirmagin,
Oʻzim oʻlmay oʻldirib ket.

Menga bergan azoblaring,
Yuragimdan yuldirib ket.
Hech kim bilmas oʻldirganing,
Indamasdan oʻldirib ket.

Shoshilmagin toʻhta bir past,
Visolingga toʻydirib ket.
Yosh jonimga qilmayin qast,
Koʻzing yumda oʻldirib ket
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!