✍️ Sherlar

Yana koʻrishguncha, desam maylimi

3K marta oʻqildi
Yana koʻrishguncha, desam maylimi
Xayr, uzoq yillar kutgan mexmonim,
Sal kam oʻttiz yilga kechikkan tuygʻu.
Huddi vujudimdan ketmoqda jonim,
Shunchalar chiroyli boʻlarmu qaygʻu!

Balki mezboningdan toʻlmadi koʻngling,
Yoki koʻrmadingmi kulbam munosib,
Yurakdan bir tishlab, qaytarib berding,
Qalbingni toʻriga qoʻy deding osib!

Qancha parvonalar boʻldim qoshingda,
Xatto oʻtqazgani topa olmay joy.
Quyoshdek nur sochdim kunduz boshingda,
Tunlari termuldim goʻyo toʻlin oy!

Baxor, gullaring yoz poyiga dedim,
Sen uchun yulduzlar terdim fazodan!
Men seni Tangridan soʻragan edim,
Men seni tilangan edim Hudodan!

Arilar bol tashib turdi soʻzimga,
Rayxonlar iforin berdi omonat.
Oʻxshamay qolgandim mutloq oʻzimga,
Sen tashrif buyurgan eding MUHABBAT!

Nimalar qilmadim koʻngling olarga,
Boʻlsa shuncha boʻlar mexmonga izzat.
Sen xoxish topmading, afsus, qolarga,
Sen istak topmading qolarga faqat!

Endi ketmoqdasan...
Bamaylixotir,
Sen xaqsan, mexmonmi, ketmogʻligi shart!
Mendanmi?
Yoʻq, mendan olma xavotir,
Ajib xislar uchun senga koʻp raxmat!

Nega ketayapsan oʻzi, bilmasam,
Tugatib sexirli sevgi saylini!
Maylimi, sen bilan vidolashmasam,
Yana koʻrishguncha, desam maylimi?
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!