💔 Ayriliq haqida sherlar

Bevofo qiz endi menga begonasiz

2.7K marta oʻqildi
Bevofo qiz endi menga begonasiz
Mening dilim sizsizlikka koʻnib boʻlgan,
Siz hali ham oʻzingizcha yagonasiz.
Sizga boʻlgan muhabbatim soʻnib boʻlgan,
Bevofo qiz endi menga begonasiz.

Ketgandingiz yuragimni tilib-tilib,
Gapingizni ayting endi bilib-bilib,
Achchik soʻzlar aytmang menga zarda qilib,
Bevofo qiz endi menga begonasiz.

Jahongirni jondan ortik suygani bor,
Yillar aro ishkida zor kuygani bor,
Qaytib yana yuragimga bermang ozor,
Bevofo qiz endi menga begonasiz.

Agyorimni koʻnglini shod eting endi,
Oʻshal bilan bahtingizga yeting endi,
Eh, bahtimga zomin boʻlmang keting endi,
Bevofo qiz endi menga begonasiz.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!