❤️ Sevgi haqida sherlar

Meni hatto eslamaysan ham

3.9K marta oʻqildi
Meni hatto eslamaysan ham
Meni hatto eslamaysan ham.
Sogʻinib ham qoʻymaysan bir bor.
Pok sevgimga achinib dildan.
Yigʻlayapman takror va takror.

Seni sevib oʻlarman bir kun.
Umrim oʻtib izlaringga zor.
Shu nomani sen uchun bitdim.
Oʻlsam, oʻqi takror va takror.

Yana senga bitarman noma.
Kelsa menga eng soʻnggi bahor.
Ruhim taskin topardi zora.
Eslab tursang takror va takror.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!