Hazil-hazil bilan sevishib qoldik

Hazil-hazil bilan koʻrishib qoldik,
Hazil-hazil bilan tanishib qoldik,
Mos chiqib qoldik-da bir-birimizga,
Hazil-hazil bilan sevishib qoldik.
Boʻldi endi jiddiy boʻlamiz dedik,
Ikkimiz ham buni eplay olmadik,
Yashirmadik aslo dil sirimizni,
Menimcha ikkimiz xato qilmadik.
Hazil-hazil bilan ismini bildim,
Hazil-hazil bilan qoʻngʻiroq qildim,
Meni ham tanishtir onang bilan deb,
Hazil-hazil bilan uyiga bordim.
Bitta hazil gapim tuyga aylandi,
Taqdirning hazili menga ataldi,
Nima boʻlganda ham baxtimni topdim,
Oxiri hazilim chinga aylandi.
Hazil-hazil bilan onamga aytdim,
Aytdim-u shu kundan baloga qoldim,
Doʻstlarim, Ahadni toʻgʻri tushuning,
Hazil-hazil bilan uylanib oldim.
Hazil-hazil bilan tanishib qoldik,
Mos chiqib qoldik-da bir-birimizga,
Hazil-hazil bilan sevishib qoldik.
Boʻldi endi jiddiy boʻlamiz dedik,
Ikkimiz ham buni eplay olmadik,
Yashirmadik aslo dil sirimizni,
Menimcha ikkimiz xato qilmadik.
Hazil-hazil bilan ismini bildim,
Hazil-hazil bilan qoʻngʻiroq qildim,
Meni ham tanishtir onang bilan deb,
Hazil-hazil bilan uyiga bordim.
Bitta hazil gapim tuyga aylandi,
Taqdirning hazili menga ataldi,
Nima boʻlganda ham baxtimni topdim,
Oxiri hazilim chinga aylandi.
Hazil-hazil bilan onamga aytdim,
Aytdim-u shu kundan baloga qoldim,
Doʻstlarim, Ahadni toʻgʻri tushuning,
Hazil-hazil bilan uylanib oldim.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!