🕊️ Sogʻinch haqida sherlar

Seni oʻzim emas koʻzim sogʻinar

4K marta oʻqildi
Seni oʻzim emas koʻzim sogʻinar
Seni oʻzim emas koʻzim sogʻinar
Somonday sargʻaygan yuzim sogʻinar
Kelmasang baxorim dilim sogʻinar
Kel jonim kelaqol tunim sogʻinar

Koʻngil torlik qilar kuygan yurakka
Mayin soʻzlaringni yurak sogʻinar
Xech soʻz demaysan bu kuygan yurakka
Shirin soʻzlaringni qalbim sogʻinar

Mayli bu dunyoni kezay piyoda
Topolmasman gulim sendan ziyoda
Qoʻllarim titraydi seni suroqlab
Qoʻllaringni gulim qoʻlim sogʻinar

Qayda u dudoqlar der labim titrab
Jonim lablaringni labim sogʻinar
Sogʻinar sogʻinar yurak sogʻinar
Kelar baxorim deb biroz ovunar!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!