Tashlab ketding kimlarga sen

Tashlab ketding kimlarga sen,
Yuragimni oʻyib ayon.
Sensiz yigʻlab yurak bedor,
Qiyomatga qoldi diydor.
Oʻttiz yoshga kirmasimdan,
Sochlarimga yogʻdi qor.
Bir mehriga toʻymasimdan,
Qiyomatga qoldi diydor.
Sevolmayman sendan oʻzga,
Yor-u mashuq goʻzallarni.
Xayolimdan ketmas sira,
Qiyomatga qoldi diydor.
Kecholmayman sira-sira,
Xayollarga suza-suza.
Umidlarim uza-uza,
Qiyomatga qoldi diydor.
Ayriliqda Shamshod qalbi,
Oʻtda yonib kul boʻldi.
Koʻz yoshlarim daryo boʻldi,
Bir umrga kuydirgan yor.
Qiyomatga qoldi diydor.
Yuragimni oʻyib ayon.
Sensiz yigʻlab yurak bedor,
Qiyomatga qoldi diydor.
Oʻttiz yoshga kirmasimdan,
Sochlarimga yogʻdi qor.
Bir mehriga toʻymasimdan,
Qiyomatga qoldi diydor.
Sevolmayman sendan oʻzga,
Yor-u mashuq goʻzallarni.
Xayolimdan ketmas sira,
Qiyomatga qoldi diydor.
Kecholmayman sira-sira,
Xayollarga suza-suza.
Umidlarim uza-uza,
Qiyomatga qoldi diydor.
Ayriliqda Shamshod qalbi,
Oʻtda yonib kul boʻldi.
Koʻz yoshlarim daryo boʻldi,
Bir umrga kuydirgan yor.
Qiyomatga qoldi diydor.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!