🕊️ Sogʻinch haqida sherlar

Siz xali koʻp bora eslaysiz meni...

6.8K marta oʻqildi
Siz xali koʻp bora eslaysiz meni...
Siz meni shunchaki unutolmaysiz
Chiqara olmaysiz hayolingizdan.
Hali kup eslaysiz kulishlarimni,
Izlaysiz hattoki ayolingizdan.

Mendan olislarga ketgan saringiz
Sogʻinaverasiz erkaligimni.
Huvillab qoladi kungil qaʼringiz,
Anglaysiz dunyoda yakkaligimni.

Gʻururga bosh egmay qiynalasiz kup,
Pushaymon bulasiz ketganingizdan.
Orqaga qaraysiz kurasiz bir toʻp
Armonlar oʻrasiz ekkaningizdan.

Siz meni shunchaki unutolmaysiz
Tunda oy eslatar gulgun yuzimni.
Kun kelar qoʻl chuzib xam etolmaysiz
Xatto orzuda xam bosmam izimni.

Hozircha siz haqu men gunohkorman
Lo akal kungilga solmayapsiz qoʻl
Bir kuni sogʻinib qaytay desangiz
Qanchalik hohlamang sololmaysiz yoʻl.

U zamon men sizni oʻchirib dildan
Bahtning saroyida beka boʻlaman!
Tangriga shukrlar uchirib tildan
Buyuk muxabbatga ega bulaman!

Siz xali koʻp bora eslaysiz meni...
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Sogʻinch haqida sherlar

Tushlaringda meni kutib tur

10-mart, 20192.9K